Главная » 2020 » Март » 15 » “Million” jamoasining konserti ham qoldirildi
17:44

“Million” jamoasining konserti ham qoldirildi


Biroz avval, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xalqlar do‘stlig” konsert saroyida o‘tayotgan navbatdagi yakkaxon konsert dasturining qolgan seanslari mamlakatga koronavirus qayd etilishi sabab vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. 

QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, “Million” jamoasining 28-30 mart, 1-6 aprel kunlariga mo‘ljallangan konsert dasturi ham bekor qilingan. Biz mazkur masalada to‘liq ma’lumot olish maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘landik. 

“O‘zbekkonsert” rasmiysining qayd etishicha, “Million” jamoasining konsert dasturi mos raqishda 27 iyun — 6 iyul kunlariga ko‘chirilgan. 

“O‘zbekkonsert” ikki konsertning xarid qilingan chiptalarining amal qilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligini, qo‘shimcha ma’lumotlar berib borilishini va’da qilyapti.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя