Главная » 2020 » Январь » 11 » Milliy bog‘da okeanarium barpo etiladi
22:21

Milliy bog‘da okeanarium barpo etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabrdagi qarori asosida bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, ko‘ngilochar o‘yingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar hududda mavzuli park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi. 

Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta'minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

Istirohat bog‘i to‘liq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi.

Davlat rahbari istirohat bog‘ining yil davomida ishlashini ta'minlash, odamlar oilaviy dam olishi uchun keng imkoniyat yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘da Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi qadimiy obidalar maketini o‘rnatib, yoshlar va sayyohlarning tarixga qiziqishini oshirish muhimligi ta'kidlandi.

Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi, deyiladi xabarda. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя