Главная » 2020 » Сентябрь » 7 » “Ming afsus, uni asrab qololmadik”. Shavkat Mirziyoyev aktyor Fathulla Mas’udovning vafoti haqida
08:36

“Ming afsus, uni asrab qololmadik”. Shavkat Mirziyoyev aktyor Fathulla Mas’udovning vafoti haqida


Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tadbir davomida 30-avgustda vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori Fathulla Mas’udovni qutqarish uchun qilingan urinishlar haqida gapirgandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bergan.

Taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshida koronavirus infeksiyasining asoratlari oqibatida vafot etgan.

Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda aktyorning vafoti haqida fikr bildirgan.

“Men o‘zim ham juda qattiq harakat qildim. Ming afsus, uni asrab qololmadik. Mana shu voqealardan keyin kechasi hech ko‘zim yumilmadi, nima uchun asrab qololmadik, deb”, — degan prezident.

Shuningdek, davlat rahbari koronavirus infeksiyasining “juda katta, ayyor dushman” ekanligiga ishora qilib, fuqarolarni sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shavkat Mirziyoyev, haqida, asrab qololmadik, Ming Afsus, vafoti, aktyor, Fathulla Mas’udovning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя