Главная » 2021 » Июнь » 9 » Ming yillik tovuq tuxumi topildi
18:09

Ming yillik tovuq tuxumi topildi


Isroil qadimiy yodgorliklar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Isroilning Tel-Aviv janubidagi Yavne shahrida olib borilgan qazish ishlari paytida taxminan 1000 yillik butun bir tovuq tuxumi topildi.

«Tuxum qobig‘i bo‘laklari avval ham Dovud, Kesariya va Apolloniyada topilgan, ammo tuxum qobig‘i mo‘rtligi tufayli deyarli biron bir tovuq tuxumi saqlanib qolmagan. Bu hatto dunyo bo‘yicha favqulodda noyob topilma», — dedi doktor Li Perri-Gal.

Arxeolog Alla Nagorskayaning so‘zlariga ko‘ra, tuxum axlatli chuqurlikda bo‘lgani uchun yaxshi saqlangan.

Isroil qadimiy yodgorliklar boshqarmasi tuxumning quduqqa qanday tushib qolganini aniqlashning iloji yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, quduqdan Islom davriga oid suyakdan yasalgan uchta qo‘g‘irchoq ham topilgan bo‘lib, ular taxminan 1000 yil oldin o‘yinchoq sifatida ishlatilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: tovuq, tuxumi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя