Главная » 2020 » Январь » 25 » Miopiya qanday kasallik va u nasldan naslga o‘tadimi?
07:40

Miopiya qanday kasallik va u nasldan naslga o‘tadimi?


Yaqindan ko‘rish – bu ko‘zning nuqsoni bo‘lib, tibbiyot tilida “miopiya” deb ataladi. Bu holatda inson o‘ziga yaqin turgan narsalarni aniq, uzoqdagilarni esa xira ko‘radi. Miopiya kasallik emas, balki kishini ko‘zoynak taqishga majbur qiladigan anotomik holatdir. Tadqiqotlar yaqin masofanigina ko‘rish millatga emas, tushadigan yuklamaga bog‘liqligini ko‘rsatsa-da, u  ko‘proq osiyoliklarda uchraydi.  
Olimlar miopiya paydo bo‘lishining sabablarini aniqlay olishmagan. Ko‘zning muttasil ravishda zo‘riqishi miopiyaning asosiy sababi, deb topilgan. Agar ota-onalarning har ikkalasida ham miopiya bo‘lsa, unda bolada ham kasallikning paydo bo‘lish xavfi 50 foizni tashkil qiladi.  
Miopiya nasldan naslga o‘tadi va 6-12 yoshlar orasida paydo bo‘ladi, 21 yoshgacha rivojlanadi. Keyin barqarorlashadi. Bolada miopiya rivojlanayotganini sezish qiyin emas: ko‘zini biroz qisibroq qaraydi, televizorga yaqinroq o‘tiradi, o‘qiyotganda kitob ustiga egilib oladi, boshqalarga yaxshi ko‘rinadigan uzoqdagi obyektlarni sezmaydi. Agar shunday holatlar kuzatilsa, tezda mutaxassisga murojaat qilish lozim. 
Miopiya profilaktikasi: 
Ko‘rish yuklamasini kamaytirish;
Yetarlicha jismoniy faollik;
Ochiq havoda ko‘proq bo‘lish;
Ko‘z uchun foydali vitaminlarni qabul qilish;
O‘qish, televizor ko‘rish va gadjetlardan foydalanayotganda xonaning yaxshi yoritilishi.

Miopiyani davolash 
Bugungi kunda miopiyani davolashning juda ko‘p usullari mavjud. Ular orasida eng ko‘p tarqalgani ko‘zoynak va linzalardir. Lekin ko‘zoynak ham, linza ham kamchiliklardan holi emas. Ko‘zoynak faol hayotga: sport, raqs, suzish bilan shug‘ullanishga xalaqit bersa, linzalar foydalanishga noqulay. Hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi.  

Miopiyani, shuningdek, lazer orqali korreksiyalash, xrustal qo‘yish orqali bartaraf etish mumkin. Lazer bilan korreksiyalashni 18-45 yosh oralig‘ida amalga oshirgan ma’qul. 45-50 yoshdan keyin esa xrustalli muolajani tanlang. Biroq bularning hammasi individual va vrach bilan maslahatlashilgan holatda amalga oshiriladi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя