Главная » 2017 » Июль » 16 » Mirobodda uyida fohishaxona saqlagan erkak ushlandi
21:09

Mirobodda uyida fohishaxona saqlagan erkak ushlandi


Poytaxtning Mirobod tumanida fohishaxona fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“11-iyul kuni taxminan soat 20:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Lixosherstniy Yevgeniy Vladimirovich Mirobod tumani, G. Aliyev ko‘chasi, 204-uy, 37-xonadonda fohishaxona saqlab, 40 ming so‘m pul evaziga ikki fuqaroga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ushlandi, Erkak, uy, Fohishaxona, saqlagan, Mirobod | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя