Главная » 2019 » Май » 28 » Mirshod Аtavullaev - tibbiyot sohasidagi yetuk mutaxassislardan biri
15:06

Mirshod Аtavullaev - tibbiyot sohasidagi yetuk mutaxassislardan biri


  Mirshod Аtavullaev - biografiya.
Tibbiyot sohasidagi yetuk mutaxassislardan biri, oliy toifali shifokor, taniqli plastik jarroh Mirshod Jamshedovich Аtavullaev 1992 yil 5 avgustda Buxoroda ziyolilar oilasida tavallud topgan.
Tibbiyot sohasiga mehr qoʼygan bu yigit 2007 yil maktabni tugatgach, 2014 yilgacha, 7 yil davomida Buxoro Davlat Tibbiyot institutining “Davolash” fakulьtetida tahsil olgan. 2017 yilda esa, mazkur institutning Jarrohlik yoʼnalishi boʼyicha magistraturani tamomlagan. 2017-2018 yil davomida “Plastik jarrohlik” yoʼnalishi boʼyicha akademik taʼlim olgan.
Endigina 29 yoshga kirgan boʼlishiga qaramay Mirshod Аtavullaev oʼz sohasida koʼplab muvaffaqiyatlarga erishgan boʼlib, “Dr.Atavullayevs clinic” klinikasiga asos solgan.
8 yildan buyon plastik jarrohlik bilan shugʼullanib kelayotgan malakali plastik jarroh, shu kunga qadar 5000 dan ortiq muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirgan.
Mirshod Аtavullaev Oʼzbekiston Plastik jarrohlar Аssotsiatsiyasi hamda, Yevropa Plastik va estetik jarrohlar Аssotsiatsiyasi aʼzosidir.
Shuningdek, u har yili Germaniya, Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Gollandiya, Hindiston, Koreya, Turkiya, Rossiya hamda boshqa koʼplab xalqaro davlatlarda boʼlib oʼtadigan Xalqaro konferentsiyalar, malaka oshirish dasturlari va mahorat darslarida faol ishtirok etib, muntazam ravishda oʼz malakasini oshirib kelmoqda.
Plastik jarrohlik juda murakkab va nozik amaliyot boʼlib, bu insondan qunt, sabr va yuqori malaka talab etadi. Mirshod Аtavullaev esa, buni yaxshi tushunganligi uchun oʼz kasbining eng nozik jihatlariga ham katta eʼtibor qaratadi. Koʼz qovoqlari bilan bogʼliq blefaroplastika, peshona va boʼyin, burun, iyak va quloqlarni korrektsiya qilish, qorin va bel sohasidagi liposaktsiya kabi plastik jarrohlik boʼyicha unga murojaatlar koʼp.
Mirshod Аtavullaev bemorlarni asosan, Buxoro shahrida “Dr.Atavullayevs clinic” klinikasida qabul qiladi va operatsiyalar oʼtkazadi. Lekin, bemorlar iltimoslariga koʼra, davriy ravishda muntazam tarzda, Toshkent shahrida “Renessans Clinic”da ham plastik jarrohlik operatsiyalarini oʼtkazib kelmoqda. Shuningdek, mavsumiy ravishda, bemorlar iltimoslari bilan Turkiyaning Istanbul va Rossiyaning Moskva shaharlarida ham konsulьtatsiya va operatsiyalar oʼtkazadi.
Ishdan boʼsh vaqtlarida u futbol va ot sporti bilan muntazam shugʼullanadi. Shuningdek, oilasi va doʼstlari uchun “Street-kulinariya” boʼyicha taom tayyorlashni yoqtiradi.
Mirshod Аtavullaev oilali, 3 nafar farzandning otasi. Farzandlarining ham, oʼzi kabi chuqur bilim olib, kelajakda oʼzlari tanlagan kasb boʼyicha malakali mutaxassis boʼlib yetishishlarini istaydi.
Intiluvchan, iqtidorli va qatʼiyatli shifokor Mirshod Аtavullaevning hayotdagi maqsadi, insonlarga goʼzallik va orzular roʼyobini hadya etishdir.

Mirshod Аtavullaevga shu kungacha shoubiznes vakillaridan Ruxshona, Hosila Rahimova, Zuhra Solieva, Imron va boshqalar konsulьtatsiya va kompleks operatsiyalar borasida murojaat qilishgan hamda, natijalaridan mamnun boʼlishgan.


Manba: "umid_uzb77"
Категория: Salomatlik | | Теги: Mirshod Аtavullaev, tibbiyot sohasidagi yetuk mutaxassi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя