Главная » 2017 » Август » 20 » Mirziyoev: Toshkent viloyatida hamma sohalar bo‘yicha rivojlanish orqada qolgani bu – adolatli haqiqat
18:13

Mirziyoev: Toshkent viloyatida hamma sohalar bo‘yicha rivojlanish orqada qolgani bu – adolatli haqiqat


18 avgust kuni Bekobod shahriga tashrif bilan borgan Prezident Shavkat Mirziyoev shahar faollari bilan yig‘ilishda so‘zga chiqdi. Yig‘ilishda davlat rahbari Toshkent viloyatining hozirgi holati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Jonajon vatanimizning o‘z mavqei, o‘z o‘rnini topish, dunyo hamjamiyati bilan munosib bo‘lish, bularda yagona O‘zbekiston manfaatini joyiga qo‘yish harakatidamiz. Chiqayotgan barcha qonun, qarorlarning tagida bitta narsa – odamlarni rozi qilish, odamlarning dardini bilish. Pastga tushib, shu odamlarni dardi bilan yashash eng katta, yagona maqsadimiz.

Toshkent viloyatiga uchinchi marotaba kelmoqdaman. Nima uchun? Toshkent viloyatida oxirgi mustaqillik yillarida hamma sohalar bo‘yicha rivojlanish orqada qolgani bu – adolatli haqiqat. Bu kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi, lekin shuncha imkoniyati bor, Xudo nazar qilgan yurt bo‘lgan, mana shunday boy yer osti, yer usti imkoniyatlarga ega bo‘lgan, qudratli, mehnatkash, zabardast xalqi bo‘lgan viloyat ming afsus hozirgi zamon talabiga munosib yashash darajasi bo‘yicha javob bermaydi, desak, bu adolatdan bo‘ladi.

Virtula qabulxona, Xalq qabulxonalarga bizga odamlardan kelayotgan ko‘p-ko‘p masalalar kechirasizlar, boshqa viloyatlarga nisbatan oddiy odamni qiynayotgan muammolar yechilmagani – bu ham haqiqat. Umuman, ega topilmadi shu mustaqillik yillarida, bironta bir barakali hokim kelmadi, desak – bu ham haqiqat. Bilasizmi, men ham ikki viloyatning hokimi bo‘lganman. Lekin og‘ir-og‘ir viloyatlarda ishlaganman. Agar o‘zining Vataniga sadoqati va mehnatini ko‘rsataman, degan vatandoshimiz yoki shu xalqqa xizmat qilaman degan odam Toshkent viloyatining imkoniyati, Toshkent viloyatining xalqi, Toshkent viloyatining qudrati bor viloyat yo‘q, desak, menga ishoninglar”, - deydi Prezident.

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sohalar bo‘yicha rivojlanish, Mirziyoev: Toshkent viloyatida, orqada qolgani bu – adolatli haqiqa, hamma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя