Главная » 2018 » Май » 1 » Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi birinchi xonimlar uchrashuvida onasiga hamrohlik qildi
20:57

Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi birinchi xonimlar uchrashuvida onasiga hamrohlik qildi


29 aprel kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ayni damda turmush o‘rtog‘i Emina Erdo‘g‘an, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoeva bilan Buxoro shahridagi obidalarni ziyorat qilmoqda.

Kecha, 30 aprel kuni davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda uchrashuvlar o‘tkazayotgan mahal, ularning ayollari Toshkentning bir qator maskanlarini ko‘zdan kechirdilar. Jumladan, hunarmandchilik buyumlari, milliy matolar namunalari va dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar namoyishi bilan tanishdilar.

Turkiyalik fotograflar e’lon qilgan suratlarda birinchi xonimlarlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva ham hamrohlik qilgan.

Darvoqe, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nafaqat turmush o‘rtog‘i Emina Erdo‘g‘an, balki o‘g‘li Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an va kuyovi Berat Olbayroqni ham o‘zi bilan O‘zbekistonga olib kelgandi.

Bugun, 1 may kuni Turkiya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘ng‘ich qizi, hamrohlik qildi, onasiga, uchrashuvi, Mirziyoev, birinchi xonimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя