Главная » 2021 » Март » 27 » Mirziyoyev dunyo aholisi uchun hal qiluvchi kuchga ega shaxs sifatida e’tirof etildi
17:00

Mirziyoyev dunyo aholisi uchun hal qiluvchi kuchga ega shaxs sifatida e’tirof etildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. 

Maktubda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks loyihasi ishlab chiqilib, JSSTga taqdim etilgani uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirilgan. Jumladan shunday deb yozadi JSST rahbari:

“2020 yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks loyihasini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) taqdim etganingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildirish sharafiga muyassarman.

COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab hamjamiyatlar va mamlakatlarga talafot yetkazishda davom etmoqda. O‘tkir xalqaro inqirozga duch kelib, men favqulodda global yetakchilik va birdamlikka, imkon qadar keng doiradagi sheriklarni birlashtirishga, ko‘p tomonlama sa’y-harakatlarni ishga solish va hech kimning orqada qolib kelmasligini ta’minlashga chaqirdim. Salkam bir yilda biz ilm-fan, vaksinalarni ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash amaliyotidagi misli ko‘rilmagan yutuqlar, jamoatchilikni safarbar qilish va siyosiy sobitqadamlik tufayli kuchli yetakchilikka erishishning imkoni borligini ko‘rdik”.

JSST bosh direktoriga ko‘ra, koronavirus pandemiya butun jahonda sog‘liqni saqlash tizimi zaif ekanini ko‘rsatgan va tibbiy va ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirgan. 

“Sog‘liqni saqlash iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlikda markaziy o‘rin egallashini namoyish etdi. Pandemiyani nazoratga olib, tiklanishga investitsiya yo‘naltirayotgan ekanmiz, kelajakka ham tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Bunday vaziyat yana takrorlanishiga yo‘l qo‘yolmaymiz”, deb yozadi dunyo sog‘liqni saqlash tizimiga mas’ul shaxs. 

Tedros Adanom Gebreyesus so‘zida davom etarkan, o‘zi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida ham hisob bergan. 

“Janobi Oliylari, Xalqaro kodeks loyihasini ishlab chiqish masalasida uzoqni ko‘zlaganingiz va bu jarayonda yetakchilik qilganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biz hujjatni diqqat bilan o‘rganib chiqdik. Unda qo‘yilgan vazifalarning ko‘lami va taklif etilgan amaliy yechimlar menda katta taassurot qoldirdi. Kodeks loyihasi taqdim etilgani o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘ldi.

O‘tgan yili biz pandemiyadan ko‘p saboq chiqardik va endilikda kelajakka nazar tashlashimiz kerak. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining COVID-19 ga qarshi choralar bo‘yicha WHA73.1 rezolyutsiyasiga muvofiq men 2020 yil sentyabr oyida ish boshlagan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (2005 yil) amal qilishini o‘rganish Qo‘mitasini chaqirdim hamda Pandemiyaga shaylikni ta’minlash va javob choralari bo‘yicha Mustaqil guruhni ta’sis etdim.

Bundan tashqari, a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan jarayon doirasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga qo‘shimchalar kiritish maqsadida pandemiyaga shaylik va javob choralari to‘g‘risida global hadli konvensiyani ishlab chiqish imkoniyati yuzasidan munozaralar davom etmoqda. Mazkur masala 2021 yil 18 mart kuni o‘tgan JSSTning tashkilotga a’zo davlatlar uchun mo‘ljallangan axborot sessiyasida muhokama qilindi, bu ko‘plab mamlakatlarda qiziqish uyg‘otdi va keyingi muhokamalar uchun qadam bo‘lib xizmat qildi”, deydi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori, shuningdek, Mirziyoyevning xalqaro maydonda, xususan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hal qiluvchi o‘rin tutishini qayd etib o‘tgan. 

“Barchaning xavfsiz kelajagiga sarmoya kiritish, barqaror va ishonchli sog‘liqni saqlash tizimlarini barpo etish hamda sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday inqirozlarga shay turishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi. Janobi Oliylari, siyosiy yetakchiligingiz tufayli Sizning bu boradagi ishtirokingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega. Siz taqdim etgan Xalqaro kodeks loyihasi pandemiyani o‘rganish bo‘yicha amaldagi jarayonlarga va pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har qanday bo‘lajak xalqaro hujjatni rejalashtirishga bevosita bog‘liq. Siz ushbu sa’y-harakatlarda shaxsan ishtirok etishda davom etishingizga umid qilaman.

Janobi Oliylari, COVID-19 pandemiyasini oldini olish va barchaning sog‘lom va xavfsiz kelajagini ta’minlash ishiga sodiqligingiz uchun Sizga yana bir bor tashakkur bildiraman. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jamoat salomatligi sohasidagi ushbu global favqulodda vaziyatda Siz bilan hamjihatdir”, deb maktubiga yakun yasagan Tedros Adanom Gebreyesus.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shaxs, Mirziyoyev, kuchga, Dunyo, E’tirof, aholisi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя