Главная » 2020 » Июнь » 17 » Misr koronavirusni qanday davolayotganini ma’lum qildi
09:06

Misr koronavirusni qanday davolayotganini ma’lum qildi


Buyuk Britaniyada deksametazonni koronavirus alomatlarini davolash uchun ishlatiladigan dori vositasi sifatida ro‘yxatga olishdi. Ammo misrlik shifokorlar undan allaqachon foydalanib kelmoqda va bu ijobiy natijalar bermoqda. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni Misr koronavirusga qarshi kurashish Ilmiy qo‘mitasi rahbari Xussam Husniy ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya hukumati kecha, 16 iyun kuni COVID-19 ni davolash uchun deksametazondan foydalanilayotganini ma’lum qildi. Hukumat bu koronavirusga qarshi jahondagi eng birinchi dori, deya da’vo qilmoqda. Yallig‘lanishga qarshi foydalanishda deksametazon 60 yildan ortiq vaqtdan beri ma’lum bo‘lib kelgan. Oksfordda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu preparat sun’iy havo beruvchi apparatlarga ulangan bemorlar uchun o‘lim xavfini 35 foizga, kislorod bilan davolashda esa 20 foizga kamaytiradi. Sinov paytida preparat 2104 bemorda 10 kun davomida kuniga 6 milligrammdan qo‘llanildi. 16 iyun kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson tadqiqot natijalarini koronavirusga qarshi kurashda "shu paytgacha erishilgan eng katta yutuq", deb atadi.

"Buyuk Britaniya ushbu dorini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga muvaffaq bo‘ldi. Misr esa bundan oldin ham undan foydalanib kelayotgan edi", dedi Husniy “Sada el-Balad”, telekanaliga bergan intervyusida.

Husniyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dori “yuqori” koronavirusga chalingan o‘rtacha va og‘ir holatdagi bemorlarni davolash uchun protokolning bir qismi sifatida ishlatiladi. Shu bilan birga, u ushbu vositadan faqat shifoxonalarda va shifokorlar nazorati ostida foydalanish mumkinligini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Misrda 47 856 kishi koronavirusga chalindi. Bemorlarning 12 730 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 1 766 nafari vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusni qanday davolayotganin, ma’lum qildi, MISR | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя