Главная » 2021 » Июль » 25 » Miya uchun eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlari ma’lum bo‘ldi
12:01

Miya uchun eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlari ma’lum bo‘ldi


Buyuk Britaniyaning arab tilida nashr etiladigan “Rai Al Youm” gazetasi miya uchun eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Alsgeymer kasalligi va bemorlarning ovqatlanishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Shuning uchun ushbu kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlash kerak. 

Xususan, miyada yallig‘lanish va asab hujayralariga zarar yetkazishi mumkinligi aytilgan — pishirilgan mahsulotlar, shirinliklar va gazlangan ichimliklarni kunlik iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. Shuningdek, mutaxassislar tarkibidagi kapsaitsin tufayli achchiq ovqatlar va ziravorlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga chaqirgan, chunki ular aqliy qobiliyatni pasaytiradi va xotiraga salbiy ta’sir qiladi. 

Qayd etilishicha, qovurilgan ovqatlar va fast-fud ham transyog‘larning yuqori miqdori tufayli miyaga xavf tug‘diradigan va miya faoliyatini pasayishiga olib keladigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. 

Bundan tashqari, kolbasa, go‘sht mahsulotlari va pishloq tarkibida ko‘p miqdorda konservantlar, tuz va to‘yingan yog‘ kislotalari bo‘lgani sababli ular miyaga o‘ta zararli ekani aytilgan. Ta’kidlanishicha, ular miyada yallig‘lanishni keltirib chiqaradi va qon tomirlariga zarar yetkazadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: mahsulotlari, oziq-ovqat, Miya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя