Главная » 2021 » Март » 4 » Miyasi bitta ikki boshli bola dunyoga keldi
18:50

Miyasi bitta ikki boshli bola dunyoga keldi


Pokistonning Sujaval tumanida yashovchi ayol ikki boshli bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda Geo News xabar bermoqda.

Sind viloyatining Badin shahridagi xususiy shifoxonada ayol ikki boshli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ona ham, uning bolasi ham sog‘lom, ularning hayotiga hech nima xavf solgani yo‘q.

Ginekolog-shifokor Nursat Babu Xati ultratovush tekshiruvida chaqaloqning miyasi ikki boshga bo‘linganligini aniqlangani haqida so‘zlab bergan.

Hozirda chaqaloqning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Shifokorlar bolaning boshlarini ajratish operatsiyasini o‘tkazganlar. Keyin ular qo‘shimcha ravishda chaqaloqni qayta tekshirib ko‘rishlari ta’kidlangan.

Kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish uchun chaqaloq ota-onasi bilan birgalikda shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bola, dunyoga keldi, Miyasi, boshli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя