Главная » 2017 » Декабрь » 9 » MMA. Mahmud Murodov XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi va uni O‘zbekiston prezidentiga bag‘ishladi
09:34

MMA. Mahmud Murodov XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi va uni O‘zbekiston prezidentiga bag‘ishladi


O‘zbekistonlik sportchi Chexiyada mahalliy jangchi Tomas Tentsga qarshi oktakonga chiqqan. O2 arenasida o‘tgan jangni Murodov muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan. XFN chempionlik kamari uchun kechgan jangda Mahmud parter holatidan ketma-ket kuchli zarbalar berishni boshlagan. Natijada referi jangni to‘xtatishdan o‘zga chora topa olmagan.

Bugungi g‘alabamni Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, qolaversa, Konstitutsiya kunimizga bag‘ishlayman. Hammamizga bayram muborak bo‘lsin!

Shuningdek, ustozlarim, jamoadoshlarim va Chexiyadagi do‘stlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi uchun rahmat!

Mahmud Murodov, MMA jangchisi

Категория: Sport olami | | Теги: Mahmud Murodov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя