Главная » 2018 » Июнь » 11 » Mo‘jiza! Go‘dak sakkiz soat qabrda qolib ketib, omon qoldi
10:10

Mo‘jiza! Go‘dak sakkiz soat qabrda qolib ketib, omon qoldi


Braziliyada chaqaloq xato sabab o‘lgan deya, dafn etildi. U sakkiz soat qabrda qolib ketgan bo‘lsa ham omon qoldi.

Ikki polisiya xodimi yer tagidan go‘dakning yig‘lagan ovozini eshitib qolgan va qazishga tushgan. Yarim metr qazigach, ular chuqurlikda kichkina qizaloqni ko‘rishadi.

Polisiyachilar chaqaloq suyaklari singan deya, uni tezda shifoxonaga yetkazganlar. Shifokorlar uni intensiv jarrohlik bo‘limiga yotqizdila. Hozirda chaqaloqning ahvoli yaxshilanib bormoqda.

Polisiya tekshiruvlar o‘tkazib, chaqaloqning onasi 15 yoshli braziliyalik yosh qiz ekanini aniqlagan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, tug‘riq yuvinish xonasida boshlangan va boshi bilan vannaga yiqilgan.

Chaqaloq yig‘lamagach, 57 yoshli buvisi chaqaloqni o‘lgan deb hisoblagan. U go‘dakni an’analarga ko‘ra, matoga o‘rab, ko‘mishni maslahat bergan.

Polisiya boshlig‘i, sodir bo‘lgan voqeani mo‘jizaga tenglashtirmoqda.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: omon qoldi, qolib ketib, qabrda, sakkiz soat, Mo‘jiza, go‘dak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя