Главная » 2017 » Июнь » 19 » Mobil operatorlarning barchasi tariflarni so'mda hisoblashga o'tadi
20:13

Mobil operatorlarning barchasi tariflarni so'mda hisoblashga o'tadi


Joriy yil so‘ngiga qadar mobil operatorlar va internet-provayderlar tariflari va to‘lovlari qat’iy ravishda milliy valyutada belgilanishi va to‘lanishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari 2018 yilning 1 iyunidan boshlab tariflarni va hisob-kitoblarni milliy valyuta – so‘mda amalga oshirish vaqti ma’lum bo‘ldi. Mobil operatorlarining faoliyatiga oid yangi tartib O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Yangi tartibga ko‘ra, to‘lovni xorijiy valyutada amalga oshirish belgilangan qoidaga ko‘ra yuritiladi. Kelasi yilning 1 iyul sanasidan bunday operatsiyalar qat’iy ravishda milliy valyutada amalga oshiriladi.

Shuningdek, mobil operator kompaniyasi bilan shartnoma bekor qilingan holda, operator abonent hisobida ishlatilmagan qoldiq summani 15 kun ichida qaytarib berishi lozim bo‘ladi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mobile Aloqa Kompaniyalari haqida | | Теги: Tarif, mobil operator, so'm | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя