Главная » 2020 » Ноябрь » 12 » Mobil telefonga tasvirga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun ham jarima qo‘llanadi
12:03

Mobil telefonga tasvirga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun ham jarima qo‘llanadi


Hukumatning 11 noyabr kungi tegishli qarori bilan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga o‘zgarish kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko'ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina ko‘rib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qo‘llash uchun asos bo‘la olmas edi.

Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin, deyilgan xabarda. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jarima qo‘llanadi, yo‘llardagi, tasvirga olingan, qoidabuzarliklar, Mobil telefonga | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя