Главная » 2020 » Январь » 17 » “Mona Liza ish tashladi”. Luvr yopildi
21:19

“Mona Liza ish tashladi”. Luvr yopildi


Bugun, 17 yanvar kuni Parijdagi Luvr muzeyi pensiya islohotiga qarshi namoyishchilar kirish yo‘lini to‘sib qo‘ganligi sabab yopib qo‘yildi. Bu haqda Fransiya OAV xabar bermoqda.  

Muzeyning kirish qismida o‘nlab odamlar to‘plandi, ular orasida Luvr xodimlari ham bor. Ulardan ba’zilari: “Mona Liza ish tashlamoqda, Leonardo ish tashlamoqda”, shiorlari bilan chiqishgan.

“Namoyishchilar Fransiya hukumatidan pensiya islohotidan voz kechishni talab qilishmoqda”, deyiladi xabarda.

Fransiyada ushbu namoyishlar dekabr oyining boshidan boshlangan edi. 

Pensiya islohotining eng munozarali jihati Fransiyada pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha oshirish taklif qilinayotganidir. So‘nggi vaqtlardagi eng yirigi deb hisoblanayotgan bu namoyish Makronning universal pensiya tizimi bo‘yicha taklifiga qo‘shilmagan kasaba-uyushmalari bilan kelishilgan holda tashkillashtirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя