Главная » 2020 » Декабрь » 11 » Morgenshtern «Mercedes»ini buxorolik yigitga topshirdi
20:23

Morgenshtern «Mercedes»ini buxorolik yigitga topshirdi


Rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoroga kelib, o‘zining «Mercedes-Benz E 200» avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga topshirdi. 

Azim Abdullayev "Instagram"da Morgenshtern o‘tkazgan va sovrin sifatida ushbu avtomobil va’da qilingan tanlov g‘olibi bo‘lgandi.

Buxoro shahridagi restoranlardan birida o‘tkazilgan uchrashuvda yigitning otasi reperga to‘n kiydirdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yulduz O‘zbekistonga avtomobil olib kirishdagi boj miqdoridan hayratda qolgan, bu esa avtosanoat monopoliyasi mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda yana ko‘tarilishiga sabab bo‘lgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mercedes, Yigitga, topshirdi, Morgenshtern, Buxorolik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя