Главная » 2020 » Декабрь » 26 » Morgenshtern O‘zbekistonga safari uchun qancha pul sarfladi?
09:11

Morgenshtern O‘zbekistonga safari uchun qancha pul sarfladi?


Rossiyalik reper Morgenshtern o‘ziga tegishli «Mercedes» avtomobilini O‘zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg‘a qilish uchun qancha pul sarflaganini aytdi. U bu haqda o‘zining YouTube-kanaliga joylashtirgan videosida ma’lum qildi.

Morgenshternning so‘zlariga ko‘ra, u bojxona to‘lovlaridan tashqari avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so‘m sarflagan.

Bundan tashqari, artist avtomobilning Rossiyada berilgan davlat raqamini O‘zbekiston davlat raqamiga almashtirish uchun ham pul to‘lagan.

Morgenshternning ta’kidlashicha, qator qoidalar bois avtomobilni O‘zbekistonga olib kirish qiyin bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli reper Alisher Valeev – Morgenshtern Instagram'da Give-away tanlovini e’lon qilgan, tanlovga qo‘yilgan superyutuq – «Mercedes-Benz E 200» avtomobili buxorolik Azim Abdullayevga nasib qilgandi.

Avvalroq Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagani ma’lum bo‘lgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: O‘zbekistonga, Pul, sarfladi, Morgenshtern | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя