Главная » 2018 » Февраль » 5 » Moskvada 43 santimetr qor yog‘di
22:08

Moskvada 43 santimetr qor yog‘di


O‘tgan hafta oxirida Moskva regionlariga kuchli qor bo‘roni yopirildi. Sinoptiklar so‘zlariga ko‘ra, bunday holat yuz yilda bir marta kuzatiladi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilar Moskvadagi qor uyumlarida tiqilib qolgan avtobusni itarib chiqarishayotgani haqida video paydo bo‘ldi.

Moskva meriyasi qor appokalipsisi bo‘roni tufayli bolalarga maktablarga bormaslikka ruxsat berdi. «Kuchli qor bo‘roni bugun kechga ham, ertaga ham to‘xtamaydi. Yo‘llardagi ahvol murakkab. Shaxsiy avtomobillarda harakatlanmaslik tavsiya etiladi. Ertaga maktablarga borishni erkin deb e’lon qilamiz», — deb yozgan Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining Tvitterida.

Uchinchi fevral kuni boshlangan qor fojeali yakunlarga olib kelib, yo‘llardagi ahvolni murakkablashtirishda davom etmoqda. Qor bilan birga muzli yomg‘ir ham yog‘gani qayd etilgan.

Moskva meriyasi xabariga ko‘ra, ob-havo tufayli Moskvada 1,6 mingga yaqin daraxtlar qulagan, ularning barchasi olib tashlangan.

Moskva regionlarida kuchli qordan keyin yuzaga kelgan ulkan uyumlarni tozalash ishlariga harbiylar jalb qilingan. Bu haqda G‘arbiy okrug matbuot-xizmati Interfaksga ma’lum qilgan.

Rossiya gidrometeorologiya markazi ob-havo xavfliligi darajasini sariqdan to‘q sariq darajaga ko‘targan. Moskva aeroportlarida qor tufayli qoldirilgan reyslar soni 109taga yetgan, bekor qilinganlari soni — 28tani tashkil qilmoqda.


Manba: "mulohaza.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qor, moskva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя