Главная » 2020 » Март » 23 » Moskvada o‘zbekistonliklarga Toshkentgacha chipta va’da qiluvchi firibgarlar paydo bo‘ldi
18:20

Moskvada o‘zbekistonliklarga Toshkentgacha chipta va’da qiluvchi firibgarlar paydo bo‘ldi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskvadagi aeroportlarda O‘zbekistondan charter reys kutayotgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, aeroportlarda firibgarlar paydo bo‘lgan. 

Firibgarlar O‘zbekiston fuqarolarining ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bog‘liq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini va’da bermoqda. Yo‘lovchilardan pasport ma’lumotlarini va chipta narxining 70 foiz to‘lovini oldindan amalga oshirishni talab qiladi. Aynan shu paytda ikki o‘zbekistonlik shu firibgarlar tomonidan aldangan.
 

“Toshkentga bo‘lgan charter qatnoviga chipta sotib olishni va’da qilgan shubhali shaxslar bilan aloqa qilishda ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz.

Sizga barcha o‘zgarishlar haqida xabar beramiz. Charterlar jadvali bizning uzairways.com sayti, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vaqtida e’lon qilinadi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Avvalroq, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 253 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя