Главная » 2021 » Октябрь » 8 » Moskvadagi yotoqxonada to‘rt o‘zbekistonlik zaharlandi. Ulardan bir vafot etdi
16:07

Moskvadagi yotoqxonada to‘rt o‘zbekistonlik zaharlandi. Ulardan bir vafot etdi


Rossiyaning Moskva shahridagi yotoqxonada to‘rt o‘zbekistonlik erkak zaharlandi. Ulardan biri vafot etdi, qolganlari esa shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mahalliy OAV “Mash” Telegram kanaliga tayanib xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, zaharlanganlar yotoqxona egasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini yomon his qilayotganlarini aytishgan. Shundan so‘ng, yotoqxona egasi kelib, eshikni taqillatgan. Biroq hech kim eshikni ochmagan va u qulfni buzib kirishga majbur bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar zaharlanganlardan uchtasini qutqarib qolishgan, ammo ulardan biri vafot etgan. Hozirda uch erkak shifoxonada, ularning ahvoli esa og‘ir, deb baholanmoqda. 

Taxmin qilinishicha, o‘zbekistonlik muhojirlar yotoqxonaga giyohvand modda ta’siri ostida kelganlar va birin-ketin hushdan keta boshlashgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘zbekistonlik, yotoqxonada, zaharlandi, Moskvada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя