Главная » 2021 » Май » 2 » Mourinyoning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi
10:59

Mourinyoning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi


«Tottenhem» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Joze Mourinyo yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytmoqchi emas. Portugaliyalik mutaxassis yozda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritadi.

«Murabbiylik bo‘yicha hozirda menda hech qanday reja yo‘q. Mehnat ta’tilidaman, odatiy hayot tarzimda yashashda davom etyapman. Juda ham xotirjamman. Endi xatolarni tahlil qilish uchun menda vaqt ko‘p. Futbolga qaytishdan avval bir muddat dam olmoqchiman. Nafaqat o‘zimga mos klub, balki o‘z an’ana va qarashlarimga ham mos jamoadan taklif bo‘lishini kutaman. Ehtimol, keyingi mavsumda ham ishga qaytish uchun men tomondan shoshqaloqlik bo‘lar. Hammasini vaqt ko‘rsatadi», - deydi portugaliyalik mutaxassis Sky Sports bilan suhbatda.

Britaniya sport teleradiokanallaridan biri TalkSPORT Joze Mourinyo bilan Yevro-2020 o‘yinlarini tahlil qilish va sharhlash borasida kelishuvga erishgan. Portugaliyalik mutaxassis yozda ushbu kanalda ekspert sifatida faoliyat yuritadi. 58 yoshli mutaxassis asosan Angliya milliy jamoasi ishtirokidagi barcha uchrashuvlarda jonli efirda ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo 19 aprel kuni «Tottenhem»dan iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga jamoani yordamchi murabbiy Rayan Meyson mavsum yakuniga qadar boshqaradi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ish joyi, Mourinyoning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя