Главная » 2018 » Апрель » 28 » Muhabbat haqida 10 ta qiziq fakt
19:48

Muhabbat haqida 10 ta qiziq fakt


1. Olimlar shunday tajriba o‘tkazishgan. Bir qancha juftliklarni bir yarim soat davomida bir xonaga qamab, faqat sevgi haqida gaplashib, keyin esa,yarim soat bir-birining ko‘ziga termilib turishni buyurishgan. Oradan ko‘p o‘tmay, haligi juftliklarning yarmidan ko‘pi bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, turmush qurishgan.

2. Yigit va qiz turmush qurishdan avval qancha uzoq muddat bir-biri bilan gaplashib, sirlashib yursa, nikoh ham shu qadar mustahkam bo‘lishi aniqlangan.

3. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollarda ko‘proq yuzma-yuz gaplashganda, erkaklarda esa, birga ishlash jarayonida qarama qarshi jins vakiliga nisbatan muhabbat paydo bo‘larkan.

4. Oilada muhabbatning bardavom bo‘lishi uchun bir-birini eshita bilish va har ikki taraf uchun qiziqarli mavzulardagi bahs-munozara katta o‘rin tutarkan.

5. Mutaxassislar er-xotin o‘rtasidagi farq to‘qqiz yildan oshsa, ajrashish ehtimoli ko‘proq bo‘lishini aytishadi. Shuningdek, 24 yoshdan keyin qurilgan oilalar nisbatan mustahkam bo‘larkan.

6. Ishqiy munosabatlardagi romantik qarashlar nari borsa, bir yildan sal osharkan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har qanday jo‘shqin muhabbat uzog‘i bilan uch yarim yildan so‘ng sokinlasha boshlaydi.

7. Mutaxassislar fikricha, ayollarning aksariyati nisbatan takabbur, dunyoqarashi keng, jamiyatda o‘z obro‘-e’tiboriga ega, hazilkash, baland bo‘yli erkaklarga ko‘proq moyillik bildirishadi.

8. Chikago universiteti olimlarining fikricha, dunyoda boshqalarning tavsiyalariga ko‘ra tanishib turmush qurganlar soni o‘zlari topishgan juftlikalrga qaraganda ikki baravar ko‘p ekan.

9. Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir inson umri davomida to oila qurgunga qadar o‘rtacha yetti marotaba kimnidir sevib qolarkan.

10. Mutlaqo sevmaslik va romatnikka berilmaslik tibbiyotda gipopituitarizm kasalligining asolsiy belgilari hisoblanadi.


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: qiziq fakt, Muhabbat, 10 ta, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя