Главная » 2017 » Январь » 8 » “Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan Barun Sobti o‘zbek filmida suratga tushdi
19:42

“Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan Barun Sobti o‘zbek filmida suratga tushdi


zbek kinotomoshabinlariga “Muhabbat tafti” nomli hind seriali orqali tanish hindistonlik aktyor Barun Sobti o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevadi, sevmaydi” filmida suratga tushdi.

Taqdimoti 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mazkur kinokartina haqida ma’lumot olish maqsadida “Daryo” film prodyuseri Ruslan Mirzaev bilan bog‘landi.

Hindistonlik aktyor Barun Sobtining O‘zbekistonga kelishi o‘z vaqtida ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda u reklama roligi va klipda suratga tushish taklifiga rad javobini bergani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Ayting-chi, hind aktyorini filmingizda suratga tushishga qanday ko‘ndirdingiz?

— Filmda aynan Barun Sobtiga aloqador kadrlar bor edi. Uning O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelishi biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Filmda haqiqatan ham unga bog‘liq kadrlar borligini tushuntirganimizdan so‘ng, Sobti taklifimizga rozilik bildirdi. Hindistonlik aktyor “Sevadi, sevmaydi”da bosh rolni ijro etmagan, ammo filmni tomosha qilib, uning ijrosidagi sahnalar qiziqarli chiqqaniga guvohi bo‘lasiz.

— Filmda bosh rollarni kimlar ijro etgan?

— Bosh rollarni O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova va Xosiyat Husanova, shuningdek, Sanjar Shodiev, Zuhra Soliyev, Sitora Alimjonova, Umid Ergashev kabi aktyorlar ijro etgan.

— Film premerasiga Barun Sobti ham keladimi?

— Filmda rol ijro etgan boshqa aktyor-aktrisalar qatori Barun Sobtini ham taqdimotga taklif qilganmiz. Ammo kelish-kelmasligi masalasida aniq bir gap ayta olmayman.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: orqali tanilgan, SERIALI, barun sobti, muhabbat tafti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя