Главная » 2018 » Январь » 7 » Muhammad ismi 2017-yilda Avstriyada qo‘yilgan eng ommabop ismlar uchtaligiga kirdi
22:05

Muhammad ismi 2017-yilda Avstriyada qo‘yilgan eng ommabop ismlar uchtaligiga kirdi


Muhammad ismi Avstriya poytaxti Venada tug‘ilgan yangi chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar uchtaligiga kiritildi, deb xabar beradi Kronen Zeitung gazetasi.

“Bu ma’lumot rasman tasdiqlanadi: mamlakatda 2017-yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar Aleksandr va Maksimilian bo‘ldi, Muhammad ismi esa reytingda uchinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ismning Muhamed, Muhammet, Mohamad, Muhammad va Muhammed kabi ko‘rinishlarining barchasi hisobga olingan.

Wiener Zeitung gazetasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni keltiradi. 2017-yilda Venada 175 nafar Aleksandr, 161 nafar Maksimilian va 159 nafar Muhammad ismli chaqaloqlar ro‘yxatga olingan. Shuningdek, beshtalikka David (151) va Filip (137) ismlari ham kiritilgan.

Qiz bolalarga qo‘yilgan ismlar o‘rtasida Sofiya (183), Sara (173) va Anna (142) ismlari yetakchilik qilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Muhammad | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя