Главная » 2018 » Апрель » 25 » Muhammad Salohga Makkadan yer sovg‘a qilinadigan bo‘ldi
12:45

Muhammad Salohga Makkadan yer sovg‘a qilinadigan bo‘ldi


Saudiya Arabistonining Makka munitsipialligi vitse-prezidenti Fahd ar-Ruqiy Misr termasi va “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga Angliya premyer ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani munosabati bilan, unga hadya sifatida Makka shahridan yer sovg‘a qilishini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Vitse-prezident so‘zlariga ko‘ra, hozirda mazkur hadyani Salohga qanday yetkazib berish shartlari ko‘rib chiqilmoqda. Agar mamlakat hududida Salohning yerga egalik huquqi bo‘lsa, unga Masjid al-Harom tashqarisidan maxsus yer ajratiladi. Yana bir variant sifatida o‘sha hududda Saloh nomiga masjid barpo qilish ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek Ruqiyning ta’kidlashicha, agar Saloh yer emas, pul olishni istasa, uchinchi variant sifatida taqdim etilish lozim bo‘lgan yerni sotib, tushadigan mablag‘ futbolchiga beriladi.

Ma’lumot uchun Saloh bir necha kun oldin Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Ayni damda uning hisobida APL o‘yinlarida kiritilgan 31 ta gol mavjud.

Shuningdek, kecha Yevropa Chempionlar Ligasida “Roma”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol urishga erishgan Salohning ushbu musobaqadagi gollari soni esa 10 taga yetdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yer, sovg‘a, Makka, qilinadigan bo‘ldi, Muhammad Saloh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя