Главная » 2020 » Май » 11 » Muhim! Pensiya va nafaqa oluvchi barcha fuqarolar diqqatiga
18:37

Muhim! Pensiya va nafaqa oluvchi barcha fuqarolar diqqatiga


Bugun AOKA huzuridagi shtabda AT Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Hasan Ahmedov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingdan muhim ma’lumotlar:

Epidemiologik holat tufayli pensiya va nafaqa oluvchilarga may oyidan boshlab Toshkent va Nuksu shahri hamda viloyatlar markazlarida, keyingi oylardan esa barcha hududlarda pensiya va nafaqa to‘lovlari Xalq bankining plastik kartalari orqali to‘lanadi.

 Shu kunga qadar, ya’ni qisqa muddatda Xalq banki tomonidan 619 mingta, ya’ni 377 mingdan ziyod  “Humo”  va 242  mingdan ortiq “Uzcard” plastik kartalari ochilib, pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarimizga tezkorlik bilan yetkazilmoqda.

Pensiya va nafaqa oluvchi barcha fuqarolarga tavsiyalar:

“Humo” kartangizga SMS-xabarnoma yoki PIN-kod qo‘ydirish uchun bank filiallariga borishingiz shart emas.

 11-06 va (71) 210 20 02 telefon raqamlari yoki hududiy filiallarimizga telefon qilib, bu xizmatlarni masofadan bajarishingiz mumkin.

Pensiyalaringizni naqdlashtirish uchun faqat Xalq banki filiallari va bankomatlariga borishingiz shart emas.

 Yurtimizdagi barcha tijorat banklari va bankomatlaridan pul yechilganda hech qanday foiz olinmaydi.

Sizning pensiya va nafaqalaringizni belgilangan grafik muddatlaridan kechiktirmagan holda yashash manzilingizga yetkazib beramiz.

Pensionerlarga ochilgan plastik kartalarga PIN-kod qo‘yilib, plastik kartani olib kelgan bank xodimiga uyali telefon raqami berilsa, kartaga SMS-xabar xizmati ham ulab beriladi.

Ishonchnoma orqali pensiya (nafaqa) olayotgan hamda tayinlangan pensiya (nafaqa)ga bo‘lgan huquqini tasdiqlash muddati kelgan fuqarolarning pensiyalari to‘xatilmaydi hamda hujjat talab etilmagan holda to‘lov muddatlari 4 oyga uzaytiriladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: nafaqa oluvchi, pensiya, fuqarolar diqqatiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя