Главная » 2017 » Август » 21 » Munisa Rizayeva “millionchilar” safiga qo‘shildi
14:11

Munisa Rizayeva “millionchilar” safiga qo‘shildi


O‘zbek shou-biznesi olamiga noan’anviy yo‘nalishdagi qo‘shiqlari bilan kirib kelgan xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda ham eng faol ijodkorlardan hisoblanadi. Ijodidagi yangiliklar bilan birga, shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni ham yashirmaydigan Munisa yana bir “dovon”dan oshdi.

Gap shundaki, shu vaqtgacha Instagram sahifasiga 3955 ta fotosurat joylagan Munisa Rizayevaning kuzatuvchilari soni roppa-rosa 1 million kishiga yetdi. Shu munosabat bilan u muxlislariga ingliz tilida o‘ziga nisbatan ishonch va muhabbat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Darvoqe, xonanda shu yilning oktabr oyida “Istiqlol” san’at saroyida uch kunlik konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan. U so‘nggi bor 2015 yilda o‘z muxlislari bilan sahna orqali yuzma-yuz ko‘rishgandi.

Avvalroq, aktrisalar Asal Shodiyev va Zarina Nizomiddinova, hamda xonanda Rayhon ham 1 millionlik “dovon”dan o‘tganliklari haqida xabar bergan edik. Bu borada ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan Shahzoda esa birinchilardan bo‘lib, ya’ni 2016 yilning oxirida instagram orqali million muxlisga ega bo‘lgandi.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: “millionchilar”, safiga, qo‘shildi, Munisa Rizayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя