Главная » 2020 » Июнь » 25 » Munisa Rizayeva Rossiya shou-biznesini zabt etishga kirishdi
18:18

Munisa Rizayeva Rossiya shou-biznesini zabt etishga kirishdi


Xonanda Munisa Rizayeva Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari uchun alohida albom yozmoqda. Bu haqda xonanda “Dil” klipini suratga olish jarayonida aytib o'tdi.

“Karantinda umuman uyda o‘tirmadim, ishladim, ijod qildim. Deyarli ikkita albom yozdim. Shuning uchun qo‘shiqlarim ko‘p, turli yo‘nalishdagi taronalar birin-ketin muxlislarga taqdim etiladi.

Xudo xohlasa, biz Rossiyaga ham alohida albom yozyapmiz. Chunki ko‘rib turganingizdek Jony, Jah Khalib kabi Rossiyada mashhur xonandalar turli mamlakatlardan chiqqan. Ularning qo‘shig‘ini barcha MDH davlatlarida tinglashadi. Jony Ozarbayjondan, Jah Khalib esa Qozog‘istondan. Xudo xohlasa, O‘zbekistondan Munisa Rizayeva ham tanilsa, mening maqsadim shu bugungi kunda”, — deydi Munisa Rizayeva.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: shou-biznesini, Munisa Rizayeva, Rossiya, zabt etishga kirishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя