Главная » 2021 » Март » 10 » Munisa Rizayeva turmushga chiqyapti. San’atkorlar uni tabriklashmoqda
16:41

Munisa Rizayeva turmushga chiqyapti. San’atkorlar uni tabriklashmoqda


O‘zbek estradasining yorqin namoyondalaridan biri xonanda Munisa Rizayeva tez orada turmushga chiqadi. Xonanda bunga Instagramʼdagi sahifasida nikoh uzugi bilan ishora qildi.

Muxlislar uni tabriklab, yoshlarga baxt tilashmoqda. Surat ostida xonandaning singlisi Karima Rizayeva ham izoh yozib qoldirdi.

“Tabriklayman. I’m so happy”, - deya opasini tabrikladi u.

Bundan tashqari Munisa Rizayevani uning hamkasblari tabriklab, ezgu tilaklar bildirishmoqda. Ular orasida xonanda Ziyoda ham bor.

Avvalroq xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarining qachon turmushga chiqishi haqidagi savollariga javob bergan edi. O‘shanda u bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kichik ekanligini ta’kidlagandi.

“Oddiy, yaxshi inson. Meni yaxshi ko‘radigan. Mendan kichkinalar. Men uchun hamma narsaga tayyorlar. Eng asosiysi, menga ijod qilishga, qo‘shiq aytishga ruxsat beradilar. Ular san’at sohasidan emas”, — degandi xonanda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: . San’atkorlar, turmushga, Munisa Rizayeva, tabriklashmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя