Главная » 2021 » Май » 26 » «Murodboy» va uning sheriklari sud zalida qo‘llarini kesishdi
16:05

«Murodboy» va uning sheriklari sud zalida qo‘llarini kesishdi


Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalidagi sudlanuvchilar kabinasida bir nechta kishining bilak tomirlari kesilgani, kabina oynasi va devorlariga qon bilan turli yozuvlar yozilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videolardagi ushbu shaxslar chinozlik Ahmadboyning yordamchisi, xalq orasida «Murodboy» nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy sheriklari ekani aytiladi.

Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa 2021 yil 25 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida sodir bo‘lgan.

Joriy yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan va ayni vaqtda 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar:

  • M.Yunusaliyev (1984 y.t., 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda),
  • G‘.Murodjonov (1987 y.t. 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda),
  • A.Qudratov (1980 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda),
  • E.Sharipov (1987 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda),
  • S.Yulchiyev (1989 y.t., 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda) lar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining 2021 yil 25 may kunidagi so‘rovnomasiga asosan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha JIB Yangiyo‘l shahar sudiga yuborilgan.

Sud jarayoni davomida soat 15:30 larda, M.Yunusaliyev, G‘.Murodjonov va A.Qudratovlar sud tomonidan qo‘yilgan ayblovlardan noroziliklarini bildirib, qo‘llaridagi lezviya bo‘laklari bilan o‘zlariga o‘zlari tan jarohat yetkazgan, turli noo‘rin talablarni qo‘yib, IIO xodimlarini qonuniy talablarni bajarmagsudan.

Maxbuslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shu kuni soat 20:00 larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topshirilgan, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sheriklari, kesishdi, qo‘llarini, sud zalida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя