Главная » 2020 » Август » 16 » Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
17:16

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?


O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘zbekistonliklar 3 kun dam oladi. Bunda ba’zi ish va dam olish kunlari o‘rni almashtiriladi.

Joriy yil 1 sentyabr seshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu bois 5 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uch kun ketma-ket dam olishlari uchun dam olish kuni 26 avgust shanbadan 31 avgust dushanbaga ko‘chirilgan. 6 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uchun 2020 yil 31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shu tariqa, 2020 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan:

barcha xodimlar uchun ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar – dushanba 23 mart;

6 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uchun – 2 yanvar (payshanba), 31 avgust (dushanba). 5 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uchun ushbu dam olish kunlari qo‘shimcha emas, balki tegishincha shanba kunlaridan ko‘chirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mustaqillik, O‘zbekistonliklar, bayramida, necha kun, dam oladi? | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя