Главная » 2017 » Август » 25 » Musulmonlar idorasi: Makkada yuz bergan fojeada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘lmagan
10:49

Musulmonlar idorasi: Makkada yuz bergan fojeada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘lmagan


Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Makkai mukarramadagi Haramda yuz bergan fojea videosi keng tarqalmoqda. Video tasvirda Haramning yuqori qavatidan bir ayol pastga tushib ketgan va unga birinchi yordam ko‘rsatayotganlar orasida o‘zbekistonlik ziyoratchi ham ko‘ringan.

Shu sababli yiqilgan ayol ham o‘zbekistonlik ziyoratchilardan biri degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan.

Fojea 22 avgust, seshanba kuni yuz bergan edi.

O‘zbekiston ishchi guruhi mazkur masalani atroflicha o‘rgandi. O‘zbekistondan kelgan ziyoratchilar sog‘-salomat holda ibodatlarini davom ettirmoqda, deb xabar beradi musulmonlar idorasi rasmiy sayti.

Haram xavfsizlik xizmati yiqilgan ayol efiopiyalik ziyoratchilardan ekanini aniqladi.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: musulmonlar, fojeada o‘zbekistonlik, Bergan, idorasi: Makkada, halok bo‘lmagan, Ayol, yuz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя