Главная » 2020 » Сентябрь » 19 » Mutaxassis diyetasiz ozishni maslahat berdi
19:24

Mutaxassis diyetasiz ozishni maslahat berdi


Ortiqcha vazndan qutulish va chiroyli formani saqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdan cheklanish shart emas. Diyetolog Adriana Oros shunday xulosaga kerldi.

Mutaxassis oddiy usuldan foydalanishni taklif qiladi. U ozishga harakat qilayotgan kishilarga "likopcha uslubi"ni qo‘llab ko‘rishni taklif qildi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ushbu usul nafaqat vazn yo‘qotishga yordam beradi, balki sog‘lom ovqatlanish rejimiga rioya qilishga ham o‘rgatadi. "Likopcha uslubi" nima ekanligiga qiziqayotgan bo‘lishingiz, tabiiy. Bu uslub mahsulot taqsimoti demakdir.

Mahsulotni qanday taqsimlash haqida tushuntiramiz. Ovqatlanayotganda likopchaning yarmini sabzavotlar bilan to‘ldirish kerak bo‘ladi. To‘rtdan birini oqsilga boy mahsulotlar (go‘sht, tuxum, baliq va boshqalar) egallashi zarur. Qolgan to‘rtdan birini esa uglevodlar (makaron, guruch va boshqalar) bilan boyitasiz.

Imkoningiz bo‘lsa, likopchaga foydali yog‘lar ham qo‘shishingiz mumkin. Masalan, zaytun yog‘i, avokado yoki turli yong‘oqlar. 

Mutaxassis, shuningdek, ozishga harakat qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni eslatib o‘tdi. Masalan, ozmoqchi bo‘layotgan kishilar uglevodlar haqida umuman unutib qo‘yadilar. Bir xil ovqatlanish uslubi bilan cheklanadilar.

Shuni unutmangki, inson organizmi uchun har bir vitaminning o‘rni bo‘lak.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mutaxassis, diyetasiz, maslahat berdi, ozishni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя