Главная » 2020 » Январь » 22 » Mutaxassis: “Husnbuzar – butun bir organizmning kasalligidir”
23:35

Mutaxassis: “Husnbuzar – butun bir organizmning kasalligidir”


Yuzga husnbuzar toshishi ko‘pchilikka yaxshi tanish holat. Ularning terida paydo bo‘lishi tashqi ko‘rinishimizga sezilarli ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Husnbuzar chiqibdi-da, o‘zi ketadi, deb unga umuman e’tibor bermaslik noto‘g‘ri, – deydi mutaxassis, shifokor-dermatolog Sarvar Rahimov.

Mutaxassis husnbuzarlar toshishi bilan bog‘liq yana nimalarni ayta oladi. Ular toshishining sababi nimada? Husnimizga putur yetkazmaslik uchun nima qilish kerak? Xabardor.uz ma’lumotlarni taqdim qiladi.

Yuzga husnbuzar toshishi ham kasallikmi? Uni keltirib chiqaruvchi sabablar qanday?

Yuzga husnbuzar toshishi yoshlar orasida ko‘p kuzatilayotgan dolzarb muammolardan biri sanaladi. Husnbuzar toshishi bu aynan yuzning emas, butun bir organizmning kasalligidir. Bunga oshqozon-ichak tizimidagi muammolar, gormonal buzilishlar kabi bir qator omillar ta’sir qilishi mumkin. Ya’ni, husnbuzar toshishiga umumiy kasallik deb qarash mumkin.

Uning toshishiga qonda testosteron gormoni miqdorini ortiqligi, oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi, yara kasalliklari kabi buzilishlar, teridagi yog‘ bezlari funksiyasining ortishi sabab bo‘lishi mumkin. 

Unga bee’tibor bo‘lmaslik kerak

Husnbuzar nomiga monand husnni buzadi, shu sabab uni e’tiborsiz qoldirish kerak emas. Yuzga husnbuzar toshganini sezdingizmi, albatta, davolanish kerak. Aks holda, ular terining silliqlik darajasiga ta’sir ko‘rsatib, tashqi ko‘rinishga putur yetkazishi mumkin. 

Husnbuzar toshganda nima qilish kerak? Ko‘pchilik uy sharoitida turli niqoblardan foydalanib, undan qutulmoqchi bo‘lishadi. Bu to‘g‘rimi?

Ko‘pchilik uy sharoitida husnbuzarlarni yo‘qotish uchun turli niqoblardan, malhamlardan foydalanishi sir emas. Ammo men dermatolog shifokor sifatida shuni alohida ta’kidlaymanki, bu kosmetologik muammoni uning sababini bartaraf etmay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Tanadagi ichki muammolarni aniqlash, antibakterial davo choralarini qo‘llash zarur. Ya’ni, niqobning o‘zi bilangina ulardan batamom qutulaman, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Ularni asosiy davo chorasi olinib, ana undan keyin qo‘shimcha chora sifatidagina qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Qolaversa, o‘rta og‘ir va og‘ir darajagi husnbuzar toshganda niqoblardan foydalanishning foydasi bo‘lmaydi. Kompleks davo bilan birga fiziotapevtik muolajalardan foydalanish shart.

Husnbuzar toshmasin desangiz

Buning uchun yuz gigiyenasiga to‘liq amal qilish kerak. Chang va g‘uborlardan yuz terisini asrash, shirin, achchiq mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish lozim bo‘ladi. Ovqatlanish tartibiga rioya qilish zarur. 

Mutaxassis tavsiya etadi…

Yuzga husnbuzar toshgan vaqtda, albatta, mutaxassis ko‘rigiga borish kerak. Ichki va tashqi a’zolarni tekshirishga doir tekshiruvlardan o‘tish maqsadga muvofiq. Shundan keyin olingan natijalarga qarab tayinlangan muolajalarni to‘liq olish kerak. Aks holda husnbuzar darajasi og‘irlashadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя