Главная » 2020 » Март » 30 » Mutaxassis karantin vaqtida nimalar iste’mol qilish ma’qulligini aytdi
14:42

Mutaxassis karantin vaqtida nimalar iste’mol qilish ma’qulligini aytdi


AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

Brifingda karantin vaqtida iste’mol qilish mumkin va mumkin bo‘lmagan oziq-ovqat maxsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berish so'raldi.

Nurmat Otabekovga ko‘ra, karantin va cheklov tadbirlari davomida alohida ratsion talab qilinmaydi.

«Har doimgidek ovqatlanishni davom ettirish mumkin, agar ratsionga ko‘katlar, immunitetni ko‘taruvchi, ayniqsa tarkibida S vitamini bor mahsulotlar qo‘shilsa bu albatta yaxshi bo‘ladi»,-deya javob berdi Otabekov.

Avvalroq yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi, tanadagi zararli erkin radikallarni zararsizlantiruvchi zanjabil ziravorining foydali xususiyatlari haqida ma'lumot bergan edik.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя