Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Mutaxassis koronavirusga chalinganlar soni ko‘payganidan nega xursand bo‘lish kerakligini tushuntirdi
08:51

Mutaxassis koronavirusga chalinganlar soni ko‘payganidan nega xursand bo‘lish kerakligini tushuntirdi


Rossiyaliklar mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni tobora ko‘payib borayotganidan xursand bo‘lishi kerak. Negaki yengil va alomatsiz shakllari qancha ko‘p bo‘lsa, ommaviy immunitet shuncha tez hosil bo‘ladi. Bu haqda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha axborot markazi rahbari, shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov «Pod’yem» nashri bilan suhbatda aytib o'tdi.

Myasnikov musbat test natijalari soni faqat o‘sib borishini unutmaslikka chaqirdi, chunki koronavirus hech qayoqqa yo‘qolmaydi. Shu bilan birga, bemorlarning og‘ir ahvoli, o‘lim darajasi va reanimatsiyadagi bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar koronavirus xavfini baholashga yordam beradi, deydi doktor.

«Qolgan hammasi — shunchaki raqamlar», — deb xulosa qilgan axborot markazi rahbari.

Uning fikricha, koronavirus Rossiyaning qariyb 20 milliondan ortiq aholisida alomatsiz kechgan. Shunga ko‘ra Myasnikov ommaviy immunitet faqat 2-3 yildan keyingina shakllanishini taxmin qilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusga chalinganlar, tushuntirdi, xursand, mutaxassis, soni ko‘payganidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя