Главная » 2021 » Сентябрь » 10 » Mutaxassis makkajo‘xorining foydali xususiyatlarini ma’lum qildi
23:12

Mutaxassis makkajo‘xorining foydali xususiyatlarini ma’lum qildi


Endokrinolog-diyetolog Tatyana Bocharova makkajo‘xorining foydali xususiyatlarini sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kattalar kuniga ikkita makkajo‘xori so‘tasini yeyishi mumkin. Bu taxminan 200 gramm mahsulot demakdir. Bolalarning esa bir kunda 100 gramm makkajo‘xori yeyishi tavsiya etiladi. 

“Makkajo‘xori immunitet, teri uchun foydali, tarkibida ko‘p vitaminlar bor — A, V, Ye, C. Albatta, gap tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan popkorn yoki konservalangan makkajo‘xori haqida ketmayapti. Qaynatilgan makkajo‘xori nazarda tutilyabdi”, degan shifokor. 

Vazn yo‘qotishga yordam beradi 

Makkajo‘xorining 100 grammida atigi 90 kaloriya, yog‘siz iste’mol qilinganida esa taxminan ikki gramm yog‘ bor. 

“Don tarkibida uch grammga yaqin kletchatka bor, ular ochlikni yo‘qotadi va ichaklarni tozalaydi”, degan Tatyana Bocharova. 

Bosimni pasaytiradi 

Makkajo‘xorida mavjud bo‘lgan B3 vitamini qon aylanishiga ta’sir qiladi va qon tomirlarini kengaytiradi, shu tariqa qon bosimini pasaytiradi. 

“Don tarkibida juda ko‘p kaliy bor (100 gramm uchun 270 milligramm), bu ham qon bosimini pasaytiradi. Agar siz ko‘p tuzlangan qaynatilgan makkajo‘xori iste’mol qilsangiz, bu ta’sir nolga tushadi: tanadagi suyuqlik saqlanib qoladi”, deb ogohlantirgan Bocharova. 

Qarishni sekinlashtiradi 

Makkajo‘xori tarkibida karatinoid bor. Bu qarish va yallig‘lanishga “xalaqit beradigan” antioksidant. 

“Makkajo‘xori qovoq yoki sabzi kabi ko‘rish qobiliyati uchun foydali. Donli va umuman yorqin sabzavotlar yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni kechiktiradi, masalan, katarakta ehtimolini kamaytiradi”, deb tushuntirgan shifokor.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: makkajo‘xori | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя