Главная » 2021 » Февраль » 21 » Mutaxassis: non bir grammga ham semirtirmaydi
19:15

Mutaxassis: non bir grammga ham semirtirmaydi


Javdar nonini muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi, dedi rossiyalik mutaxassis, non mahsulotlari sanoatining ilmiy-tadqiqot instituti direktori Marina Kostyuchenko «Moskva» yangiliklar agentligiga bergan intervyusida.

Ekspert non yeyish semirishga olib keladi degan da’voni inkor etmoqda.

«Nonushtaga bir to‘g‘ram qora yoki javdar nonini yeyish orqali kilogramm u yoqda tursin, hatto bir grammga ham semirmaysiz. Uning ozuqaviy qiymati past, buxanka non tarkibida 250-500 kilokaloriya bor», — deya izohladi u.

Kostyuchenkoning so‘zlariga ko‘ra, javdar nonida kletchatka miqdori meva-sabzavotlarga qaraganda ko‘proq. Uning aytishicha, javdar oqsili aminokislota tarkibiga boyroq.

«Bunday mahsulotlarni doimiy iste’mol qilish sog‘likni saqlashga, yurak-qon tomir va boshqa kasalliklarning oldini olishga yordam beradi», — dedi mutaxassis.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: semirtirmaydi, non, mutaxassis, grammga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя