Главная » 2021 » Март » 26 » Mutaxassis ob-havoga ta’sirchan odamlarga maslahat berdi
22:32

Mutaxassis ob-havoga ta’sirchan odamlarga maslahat berdi


Magnit bo‘ronlari paytida ob-havoga ta’sirchan odamlar ko‘pincha sog‘lig‘i yomonligidan shikoyat qiladi.  

Ular bosh og‘rig‘i, loqaydlik va charchoqdan aziyat chekadi. Ammo, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ob-havoning o‘zi kasallikka sabab bo‘lmaydi, balki, unday odamlarda psixosomatik kasalliklar mavjud bo‘lishi mumkin. 

Inson organizmi bosim o‘zgarishini yengish uchun yetarlicha kuchli. Ammo, hozirgi kunda ko‘pchilik koronavirus pandemiyasi tufayli ham surunkali stress holatida. 

Qo‘rquv, tashvish va yoqimsiz xotiralar nafaqat ruhiy, balki jismoniy holatga ham salbiy ta’sir qiladi. 

Tibbiyot fanlari nomzodi Irina Dobretsova bunday holatda ko‘proq suv ichish, og‘riq qoldiruvchi vositalarni zaruratsiz qabul qilmaslik, tez-tez ochiq havoda bo‘lish, yetarlicha uxlash va jismoniy faollikka vaqt ajratishni tavsiya qilgan. 

Dobretsova agar yuqoridagi choralar natija bermasa, shifokor bilan maslahatlashish kerakligini ta’kidlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ob-havoga, mutaxassis, maslahat, odamlarga, ta’sirchan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя