Главная » 2020 » Декабрь » 18 » Mutaxassis telefonda uchinchi quloq ham eshitayotganining asosiy belgilarini ma’lum qildi
21:42

Mutaxassis telefonda uchinchi quloq ham eshitayotganining asosiy belgilarini ma’lum qildi


Kompaniyalar xavfsizligini amaliy tahlil qilish laboratoriyasi eksperti Dmitriy Kuramin telefonda ikki suhbatdoshni uchinchi shaxslar tinglashayotganining aniq belgilarini ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.Ru».

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, kamdan-kam ishlatiladigan mobil ilovalarning tarmoqdagi faolligi keskin oshishiga e’tibor berish kerak. Ikkinchidan, akkumulyator quvvati va trafik sarfining keskin oshishi ham telefonni kimdir tinglayotganidan darak beradi.

Shuningdek, telefon ma’lumotlarni uzatishda shifrlashdan foydalanmayotgani to‘g‘risidagi xabar ham «indikator» vazifasini o‘tashi mumkin.

Bunday vaziyatda Kuramin telefon ishlaydigan tayanch stansiyalarning identifikatorlarini uyali aloqa operatorlari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bilan taqqoslaydigan dasturni yuklab olishni tavsiya etadi. Qurilmaga antivirus dasturini o‘rnatib, muntazam yangilab turishni unutmaslik kerak.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ma’lum qildi, telefonda, belgilarini, mutaxassis | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя