Главная » 2020 » Сентябрь » 22 » Mutaxassis uzumning xavfidan ogohlantirdi
14:33

Mutaxassis uzumning xavfidan ogohlantirdi


Agronom, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis Vladimir Vikulov «Sputnik» radiosi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda uzumning xavfi to‘g‘risida gapirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzumning barcha navlari tarkibida juda ko‘p miqdorda qand bor. Ustiga-ustak, ular asosan glyukoza va fruktoza ko‘rinishida bo‘lib, tanaga juda tez so‘riladi.

«Deylik, bir bosh uzumni yeb qo‘ydingiz. U esa bir kilogramm ham bo‘lishi mumkin. Shunda 150 gramm fruktozani yutib yuborasiz. Bu organizm uchun jiddiy zarba», — deb tushuntirdi ekspert.

Bundan tashqari, Vikulovning so‘zlariga ko‘ra, tokzorlar o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish uchun muntazam ravishda turli xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Ko‘pgina uzum yetishtiruvchilar mis, oltingugurt, fungitsid preparatlarini ishlatishadi. Ular, tabiiyki, uzumga tushadi. Shuning uchun agronom mevani iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvishni tavsiya etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: uzumning, ogohlantirdi, mutaxassis, xavfidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя