Главная » 2020 » Июль » 16 » Muxlislari bilan turmush qurgan mashhurlar (foto)
11:12

Muxlislari bilan turmush qurgan mashhurlar (foto)


Shou-biznes vakillari hamisha ham hamkasblari bilan turmush quravermaydi. Ular orasida o‘z muxlislari bilan oila qurgan va baxtli hayot kechirib kelayotganlari ham yo‘q emas.

Mett Deymon

Mett muxlisi bo‘lgan bo‘lajak rafiqasi bilan to‘satdan uchrashib qolgan. 2002-yilda aka-uka Farrellilar filmida suratga tushish uchun Mayamiga jo‘nab ketgan Deymon fanatlaridan qochib, Lyusyan Barrozo ishlaydigan barga kirib qoladi va bir boqishdayoq ushbu ayol bilan hayotini bog‘lamoqchiligini tushunib yetadi.

Jon Travolta

Aktyorning rafiqasi “Briolin” filmini tomosha qilganidan keyin Travoltani sevib qoladi, ammo sevgisi bilan oradan o‘n yil o‘tibgina uchrashishga muvaffaq bo‘ladi. 1989-yilda“Mutaxassislar” filmida Jon bilan birga suratga tushishga muyassar bo‘lgan Kelli Preston aktyorda yaxshi taassurot qoldiradi va juftlik ko‘p vaqt o‘tmay turmush quradi.

Riz Uizerpsun

“Oskar” mukofoti sovrindori hisoblangan Riz hamkasbi Rayan Fillippga turmushga chiqqan va 2008-yilga qadar 10 yil birga hayot kechirgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Jim Tot bo‘lsa, avvaldan aktrisani yoqtirgan, lekin uning oilasi bo‘lgani uchun munosabatdan umid qilmagan bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ayrilganini bilganidan keyin qalbiga yo‘l topishga harakat qilgan muxlisi bilan Riz 2011-yilda turmush qurgan.

Enn Xeteuey

Enning turmushi o‘rtog‘i ham uning muxlislaridan biri bo‘lgan. U vaqtda Adam Shulma endigina aktyorlik karyerasini boshlagan bo‘lgan. Aktrisaning ko‘nglini olishga harakat qilishiga qaramay Enn turmush qurishga darhol rozilik bermagan va bunga avvalgi munosabatidagi xiyonat sabab bo‘lgan. Lekin Adam uni baxtli qilishiga ko‘zi yetganidan keyin oila qurishga qaror qilgan. 2012-yilda turmush qurgan juftlikning hozirda ikki farzandi bor.

Juliya Roberts

Aktrisa hayotida sevgi qissalari ko‘p bo‘lishiga qaramay, turmushga chiqish uchun munosib inson sifatida muxlisi bo‘lgan, kinooperator Deniel Moderni tanlagan. “Meksikalik” filmining suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 2002-yilda turmush qurgan. Biroq sal avvalroq, Roberts va uning turmush o‘rtog‘i ajrashmoqchiligi haqidagi xabar e’lon qilindi.

Kevin Beykon

“Oltin globus”, “Saturn” kinomukofotlari sovrindori Kevin Beykon 30 yildan beri turmush o‘rtog‘i Kira Sejvik bilan baxtli turmush kechirib kelmoqda. Kira 1977-yil teatrlardan birida aktyor ijrosini ko‘rib, uning muxlisiga aylangan. Oradan 11 yil o‘tib esa juftlik munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan.

Patrik Dempsi

Patrik kunlardan birida sartaroshxona ishchisi bo‘lgan Jillian Fink bilan tanishadi va qizning unga muxlis ekani va u bilan uchrashishni orzu qilganidan xabardor bo‘ladi. Gaplashib, bir-birini tushunishni boshlagan juftlik oradan ko‘p o‘tmay turmush qurgan. 20 yildan buyon birga hayot kechirib kelayotgan er-xotin bugungi kunda 3 farzandni katta qilmoqda.

Kemeron Dias

Aktrisaning turmush o‘rtog‘i, Good Charlotte musiqiy guruhi a’zosi Benji Medden hisoblanadi. Ular 2012-yilda tanishgan va oradan uch yil o‘tib turmush qurishga qaror qilgan. Juftlikning hozirgi kunda bir qiz farzandi bor.

Nikolas Keyj

Nikolas ikki marta turmush qurgan va hayoti o‘xshamagan. Los-Anjelesdagi klublardan birida ofitsant bo‘lib ishlaydigan koreyalik Elis Kim aktyorning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. To‘satdan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan juftlik 12 yil birga hayot kechirgan.

Adam Sendler

Model sifatida faoliyat boshlagan Jeki Tituon aktyor Adam Sendler bilan tanishishni orzu qilgan. 1999-yilda aktyor rol ijro qilgan filmda suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lgan Jeki aktyor qalbidan joy oladi va juftlik oradan 4 yil o‘tib turmush quradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: (Foto), Mashhurlar, turmush qurgan, Muxlislari bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя