Главная » 2018 » Апрель » 5 » “MY5” kanalida ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qildi
23:18

“MY5” kanalida ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qildi


Joriy yilning 1 aprel kuni “MY5” telekanali orqali efirga uzatilgan “Yashirin kamera” ko‘rsatuvida Toshkent shahridagi xiyobonlarda o‘tirgan yigit-qizlar ko‘rsatilgan edi. Kadrlarda sevishganlarning bir-birining qo‘lini ushlab, quchoqlashib, bo‘sa olayotgani tasvirlangan edi.

Ushbu ko‘rsatuv bir necha kundirki, tomoshabinlar orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ko‘rsatuvda kamera ob’ektiviga nojo‘ya holatda tushib qolgan qizlardan biri o‘z joniga qasd qilgan. Qiz tinchlantirish uchun iste’mol qilinadigan Dimedrol dori vositasidan ko‘p miqdorda ichgan. Oradan ko‘p o‘tmay u 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rsatuvda inson huquqlari toptalishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, Adliya vazirligi tomonidan “MY5” telekanali rahbariyati ogohlantirilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: MY5, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя