Главная » 2020 » Август » 22 » Nafas siqilmayotganini qanday aniqlash mumkin?
21:21

Nafas siqilmayotganini qanday aniqlash mumkin?


Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Shifokor mendan nafasim siqilmayotganini so‘radi. Buni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Javob: Nafas siqilishi - bu havo yetishmasligini his qilish. nafas olish tezligi, xotirjamlikda daqiqasiga 22 ta nafas olish bo‘lishi lozim.

Nafas chastotasini xotirjam holatda o‘lchash uchun quyidagilarni bajarish zarur:

  • - Sekundomer yoki qo‘l soatini oling yoki uyali telefoningizda sekundomerni yoqing;
  • - agar bu vaqtgacha harakatda bo‘lgan bo‘lsangiz 5 daqiqa dam oling;
  • - o‘tirgan yoki yotgan holda qo‘llaringizni ko‘ksingizga qo‘ying;
  • - ko‘krak qafasingizni harakatlantirib necha marta nafas olishingizni sanang;
  • - 1 daqiqadan so‘ng sanashni to‘xtating. Katta kishilarda normal nafas olish chastotasi 12-18 ta bo‘ladi.

Agar ko‘rsatkichlar 22 tadan ko‘p bo‘lsa shifokorga murojaat qiling - bu nafas olishda muammo borligini ko‘rsatadi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mumkin?, siqilmayotganini, Nafas, qanday aniqlash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя