Главная » 2020 » Октябрь » 22 » Nahotki?! Rim papasi bir jinsli nikohni oqlab chiqdi
17:35

Nahotki?! Rim papasi bir jinsli nikohni oqlab chiqdi


Rim papasi Fransisk hamjinsbozlarning turmush qurishini ma’qulladi, deya xabar beradi Deutsche Welle. 

“Gomoseksuallarning ham oila qurishga haqi bor. Ular Tangrining bolalari va oila qurish huquqiga ega. Hech kim buning uchun tahqirlanishi yoki azob chekishi kerak emas”, – dedi u “Fransisk” deb nomlangan hujjatli filmda.

Mazkur filmning premyerasi 21 oktyabr kuni Rim kinofestivalida bo‘lib o‘tdi, uni amerikalik rejissyor, asli rossiyalik Yevgeniy Afineevskiy suratga olgan. 

“Fransisk” filmida Andrea Rubera ismli hamjinsboz haqida hikoya qilingan. U o‘ziga o‘xshagan sherigi bilan uch bolani asrab olgan, bolalarni katolik qilib tarbiyalash niyati borligi haqida Rim papasiga maktub yozgan. Papa esa uning ishini ma’qullagan. 

Papaning fikricha, hamjinsbozlar ham turmush qurishi kerak, ana shunda ular huquqiy himoya ostida bo‘ladi. Shunday qilib, Fransisk hamjinsbozlarning turmush qurishini oshkora qo‘llab-quvvatlagan birinchi papa bo‘ldi. 

Fransisk Buenos-Ayresda arxiyepiskop bo‘lib ishlab yurgan paytida ham hamjinsbozlarni himoya qilgan edi. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Nahotki, oqlab chiqdi, Rim papasi, bir jinsli, nikohni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя