Главная » 2018 » Май » 3 » Nahotki? Shahzoda san’atni tark etish haqida o‘ylamoqda…
18:14

Nahotki? Shahzoda san’atni tark etish haqida o‘ylamoqda…


O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzoda 2 may kuni Nukus shahridagi «Amfiteatr»da konsert berish uchun Nukus shahriga yetib keldi.

Shu kuni xonanda «Nukus FM» radiosiga tashrif buyurib, boshlovchi Gulzira Yembergenovaning savollariga javob berdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir davomida Shahzoda bu yil «Istiqlol» san’at saroyida konsert bermasligini aytib o‘tdi.

Shuningdek u viloyatlarga gastrol safar qilishdan oldin san’atni tark etish haqida o‘ylaganini ham ma’lum qildi.

Boshlovchining «Shahzoda qanday ona?» degan savoliga, xonanda bolalari bilan do‘st ekanligini, qattiqqo‘l bo‘lishni xohlasa ham, bunday bo‘la olmasligini, katta o‘g‘li bilan juda yaqin do‘st ekanini va o‘g‘lining onasidan yashiradigan siri yo‘qligini ham ta’kidlab o‘tdi.


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda, san’at, haqida, Nahotki, tark etish, o‘ylamoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя