Главная » 2020 » Ноябрь » 4 » Nahotki! Uzoq umr ko‘rish uchun kuniga 15 daqiqa vaqt ajratish kifoya qiladi
20:52

Nahotki! Uzoq umr ko‘rish uchun kuniga 15 daqiqa vaqt ajratish kifoya qiladi


Uzoq umr ko‘rishning kalitini topishga intilib, ko‘p odamlar turmush tarzini o‘zgartirib, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishadi. Biroq ushbu tarkibiy qismlarning afzalliklariga qaramay, meditasiya uzoq va baxtli hayotni ta’minlashi mumkin, buning uchun kuniga atigi 15 daqiqa vaqt ajratish kifoya.

“British Heart Foundation” (BHF) mutaxassislari 5 yil davomida tadqiqot o‘tkazishdi, unda 201 kishi ishtirok etdi.

Barcha bemorlar yurak ishemik kasalligiga chalingan. Biroq ularning aksariyati muntazam ravishda meditasiya bilan shug‘ullanganlaridan keyin sog‘lig‘ini yaxshilashdi.

Shunday qilib, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, har kuni 15 daqiqa meditasiyadan so‘ng yurak xastaligidan vafot etish xavfi, shuningdek, qon tomir yoki infarkt rivojlanish ehtimoli 48 foizga kamaygan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, bu o‘zgarishlar qon bosimi va stress darajasining pasayishi bilan bog‘liq.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Nahotki, kifoya qiladi, uzoq umr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя